Novella

Novella (italyancha novella) — Nasrning kichik janri, hikoyaning bir turi. Dastlab qissa hajmidagi asarlar ham Novella deb atalgan. Novella hikoyadan syujet va kompozitsiyasining qat’iyligi, tavsifiyligi va psixologik tasvirdan xoliligi, voqealarning g’alati va hayratomuzligi, ramziy unsurlarning mavjudligi va boshqalar bilan ajralib turadi. Jahon adabiyoti klassiklari G. Mopassan, A. P. Chexov, E. Xeminguey, nemis novellachilari L. Tik, G. fon Kleyst va boshqalar. Novellaning yaxshi namunalarini yaratganlar. O’zbek adabiyotida A. Qahhorning «mayiz yemagan xotin», «dumli odam» singari hikoyalari hajviy Novella janr talablariga ko’proq javob beradi.