Novvos

Novvos – 2-3 yoshli buqacha. Novvos 6-8 oyligida jinsiy etiladi. Zotli Novvoslar 16-18 oyligida sigirlarni qochirishga qo’yiladi. Xo’jaliklarda ulg’aygan Novvoslardan 6-8 yil sigirlarni qochirishda foydalaniladi. Novvoslarning aksariyat qismi go’sht yetishtirish uchun boqiladi. Novvoslar jadal usulda boqilganda 15 oylikdan 18 oylikkacha har kuni bir kilogrammdan et oladi, ekstensiv usulda parvarishlanganda kunlik o’sish darajasi past bo’ladi. Novvoslar tirik vazni 420-450 kilogrammga yetganda so’yiladi va go’sht chiqimi 58-60% gacha boradi.