Noxun

Noxun (forscha — tirnoq) — 1) musiqada — tanbur (ba’zan, Sato) va doyra chalishda ishlatiladigan moslama. Ikki turi mavjud: tanbur Noxuni — bo’yi barmoqning bir bo’g’iniga teng tirnoq shaklida (odatda, o’ng qo’lning ko’rsatkich barmog’iga kiyiladi); doyra Noxuni — uzunasiga kesilgan yarimta angishvona shaklida bo’lib, barmoqqa bog’lab qo’yiladi. Noxun, ko’pincha, po’lat, jez (ba’zan kumush, mis va boshqalar)dan yasaladi; 2) zihdo’zliqda (yo’rma jiyak tikishda) chap qo’lning ko’rsatkich barmog’iga kiyiladigan angishvonaga o’xshagan asbob.