Norxo’jayev Qodir

Norxo’jayev Qodir (1907.15.12, Toshkent) — o’zbek geodezist olimlaridan. O’zbekistonda geodeziyaning rivojlanishiga samarali hissa qo’shgan. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1974), texnika fanlari nomzodi (1940). 1938 yildan 1988 yilgacha Toshkent temir yo’l transporti muhandislari institutida assistent (1938- 44), dotsent (1944 yildan), kafedra mudiri (1955 yildan). Ilmiy ishlari geodeziya tarixiga, muqandislik geodeziyasiga, umumiy geodeziyaga oid. Geodeziya fani bo’yicha «injenerlik geodeziyasi» darsligi (1984), o’ndan ortiq uslubiy qo’llanmalar muallifi.