Norxo’jayev Fayzulla Xo’jayevich

Norxo’jayev Fayzulla Xo’jayevich (1911.25.11, Chust tumani Qiziltepa qishlog’i — 1983.25.5, Toshkent) — harbiy arbob, general-leytenant (1972). 1927 yildan armiya safida. Norxo’jayev O’rta Osiyo Birlashgan harbiy bilim yurtini (1931), Bosh shtab harbiy akademiyasini (1959) tugatgan. Xasan ko’li va Xalxingol daryosi bo’yidagi janglarda ishtirok etgan (1938-39). 2-jahon urushi yillarida Janubiy-G’arbiy, 3-Ukraina va 1-Belorussiya frontlarida jang qilgan. Urushdan keyin tankka qarshi qiruvchi artilleriya brigadasi (1946— 52), alohida o’qchi brigada, motoo’qchi diviziya artilleriyasi qo’mondoni. Shimoliy qo’shinlar guruhining raketa qo’shinlari va artilleriyasi boshlig’i o’rinbosari (1961-64), Turkiston harbiy okrugi qo’shinlari qo’mondoni o’rinbosari (1964-73), 1974- 82 yillarda O’zbekiston tarix va madaniyat yodgorliklarini saqlash jamiyati Respublika boshqarmasi Prezidiumi raisining 1-o’rinbosari. Urush faxriylari qo’mitasi Toshkent sho’basi raisi (1982 yildan). Norxo’jayev «50 yil jangovar safda» asari (1982) muallifi. Toshkent ko’chalaridan biri Norxo’jayev nomi bilan atalgan. Ad.: Rahmat A., O’zbek generallari. T., 1965.