METALLARNI QAYTARISH

METALLARNI QAYTARISH — qaytarilish reaktsiyasi yordamida ruda- lardan metallarni ajratib olish ja- rayoni. Bunda qaytaruvchi sifatida me- tallarga qaraganda kislorodga yaqinroq element yoki moddalar ishlatiladi. Agar qaytarilgan metall eritma holida bo’lsa, jarayon osonlashadi, chunki erish jarayoni erkin energiyani kamayti- radi. Domna pechidagi jarayonda toza te- Mir emas, balki uglerodning temirdagi eritmasi — cho’yan hosil bulishiga ham sabab shu. Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda M.q. atomga yoki atomlar guruhiga elek- tronlar birikishidan iborat. Shu sabab- li, elektroliz yo’li b-n metallar olish jarayoni, mas, mis sulfat (CuSO4)ning suvdagi eritmasini elektroliz qilib toza mis, alyuminiy oksidi (A12O3) eritmasini elektroliz qilib esa toza alyuminiy olish ham M.q.dir.