ISHLAB CHIQARISH VAQTI

ISHLAB CHIQARISH VAQTI — kapi tal (korxona vositalari)ning i.ch. jarayonida bo’lish muddati. I.ch. vosi- talarining korxonaga tushgandan bosh- lab, tayyor maqsulot ishlab chikarilgun- cha ketgan vaqtni o’z ichiga oladi. I.ch.v. mahsulotning murakkabligi, texnologik jarayon (i.ch. jarayonining mexani-za- tsiyalashganligi va avtomatlashganli- gi), ishchilar malakasi va b. omillarga bog’liq. I.ch.v. mehnat predmetlari va qurollarining ishlatilmay saqlanib turish davri, bevosita ish jarayoni dav- ri, tanaffuslar uchun ketadigan davrdan iborat. Aylanma mablag’larning i.ch. zaxi- rasi sifatida turadigan vaqti korxona- ning xom ashyo va materiallar b-n ta’min- lanishiga bog’liq. Ish davri esa mazkur korxonada tayyorlanayotgan mahsulotning xususiyatlariga, texnika va i.ch. texno- logiyasining ta-raqqiyot darajasiga, ta- naffuslar vaq-ti, mahsulotning xususi- yatlariga va uni tayyorlash usuliga, shu- ningdek, i.ch. va mehnatni tashkil qilish darajasi (mashina va agregatlarning ish reji-mi, korxona necha smenada ishlashi va shunga o’xshashlar)ga bog’liq. Ish dav- ri va tanaffuslar birgalikda ishlab chiqarish tsiklini tashkil qiladi. Ilg’or texnika va texnologiyalarni i.ch.ga joriy qilish I.ch.v.ni qisqartirish imkonini beradi.