ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI

ISHLAB CHIQARISH SANITARIYASI — sanitariyannng bir bo’limi; sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga qaratilgan sanitariya- sog’lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va hayotga tatbiq etadi. Kasb kasalliklarinchng oldini olish, shuningdek, korxona va u joylashgan hududda sanitariyagigiena normalariga bekamu-ko’st rioya qilish, ishchixizmatchi- larning ish joylarini yoritish, isitish, shamollatish (ventilyasiya) va h.k.ning gi- giena talablari darajasida bo’lishini ta’minlash masalalari b-n shug’ullanadi. Bulyrdan tashqari, i.ch. omillari, mas, havodagi chang, kimyoviy moddalar mikdo- ri, shuningdek, vibrasiya kuchi, shovqin va h.k., shuningdek, harorat, namlik va b.ning maromida bo’lishini nazorat qiladi. Korxona kurilishi va i.ch.ga topshirilishigacha bo’lgan jarayonlarda sanitariya normalari va gigiena krida- lariga asoslangan holda ish yuritadi. Ishchixizmatchilarga zararsiz va xavfsiz mehnat sharoitini yaratish, i. ch.da xavf- sizlik texnikasining zamonaviy vosi- talarini qo’llash korxona rahbariyati zimmasida bo’lib, ular davlat tomoni- dan belgilangan maxsus normativlarga asoslangan holda ish ko’rishlari talab etiladi. Korxona, mu-assasa, tashkilot- larning gigiena normalariga, Sanita- riyagigiena qoidalari va b.ga qanday rioya qilinayotganligi ustidan davlat sanitariya nazo-rati organlari, asosan, sog’liqni saqlash idoralari va vazirli- klari, shuningdek, kasaba uyushmalari hamda texnika va huquq mehnat inspek- tsiyalari nazorat qiladi.