YOSUMAN
YOSUMAN — folklor va yozma adabiyotda makkorlik ramzi bo’lgan salbiy personaj. Yosuman odatda aldov, qiyla bilan pok insonlarning hayotiga zomin bo’ladi. Qiz bilan ota, ona bilan o’g’il, oshiq bilan ma’shuq orasiga nifoq soladi. Masalan, Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Yosuman yengilmas Farhodni hiyla bilan behush qilib, Xisrav huzuriga keltiradi. Yosuman afsona, ertak va dostonlarda jodugar, ayyor, makkor, hiylagar kampir nomlari bilan ham yuritiladi.