«Men sizsiz yashay olmayman» – shunaqa deyishganmi
Bu sevgi emas, qaramlik. To’g’ri, romantik eshitiladi. Aslida esa – xavfli signal.
✅ Sog’lom sevgi: «Men siz bilan yashashni XOHLAYMAN»
❌ Qaramlik: «Men sizsiz yashay OLMAYMAN»
⚠️ Qizil bayroqlar, shu yerda to’xtang:
– Sizning shaxsiy vaqtingizga, do’stlaringizga, qiziqishlaringizga hasad qiladi
– Usiz biror joyga borsangiz, xafa bo’ladi
– «Sizni yo’qotishdan qo’rqaman» – har doim shu gap
🌱 Eslab qoling:
Sog’lom munosabat – «to’liq» ikki odamning uchrashuvi. «Yarim» odamlar emas. Munosabatingizda «qaramlik» bormi – yoki «tanlov»? E’tibor bering.
O‘xshash so‘zlar
- «Mening mulkim»
- «Oydin tun sonatasi» kimga bag’ishlangan?
- «Sanoat inqilobi» nima?
- «So’z yordamida portret» chizish mumkinmi?
- «Xlestakovchilik» nimani anglatadi?
- «QUChOQLASh»ning foydalari
- 2000 yillik batareya topilgan!
- 7 marta «Oskar»ga loyiq ko’rilgan multfilm




