«So’z yordamida portret» chizish mumkinmi?

Siz, albatta, portret rassomchilikda, haykaltaroshlikda, grafika va fotografiyada keng tarqalganini bilasiz. «Portret» so’zining o’zi fransuzlarning quyidagi iborasidan kelib chiqqan: «Gairog Gai» — jihatma-jihat, ya’ni imkon qadar aniqroq. Xo’sh, «so’z yordamida portret» chizish mumkinmi? Bu savolga javob o’tmishning taniqli kishilari haqidagi ko’psonli esdaliklarda darj etilgan. Ammo qay bir hollardagina biz real tarixiy shaxslarning tavsifini «so’z yordamida portret» sifatida ko’rib chiqishimiz mumkin? Agar rassom nazdida asosiysi — portreti chizilayotganning yorqin siymosini yaratish bo’lsa, unda esdalik yozayotganning maqsadi — bu timsolni kitobxon ongida hayta yaratishga yordam berishdir. Mana shuning uchun ham adabiy portret muharrar ravishda qandaydir. eng yorqin detalga — tasvirlanayotgan shaxs tilining, tashqi qiyofasi yoki yurish-turishining o’ziga xosligiga asoslangan bo’ladi. «So’z yordamida portret»ni o’qib, tasvirlanmishning qiyofasini uning batafsil tarjimai holi bilan tanishib chiqqandan keyingiga qaraganda ancha yaqqolroq tasavvur etamiz. Va bu tasodifiy emas. Chunki biz u nima qilgani yoki yaratgani bilan tanishib chiqmaymiz, balki uning hamisha yorqin va betakror tuyg’ulari olamiga kirib boramiz. Adabiy portretda har doim shaxsning g’oyatda xarakterli, yodda qoladigan qirralari aks ettiriladi. Binobarin A. Blok haqida yozganlarning hammasi uning «risarona» va ayni paytda uning yolg’izligi, ruhan o’zini himoya qilolmasligi sezilib turadigan toliqqan yuzini ta’kidlab ko’rsatadilar. Andrey Beliy, A. Remizov timsollarida ularni g’ayriodatiyligi, g’alatiligi, qimorga moyilligi ta’kidlanadi. Mayakovskiy timsoli davrning, uning inqilobiy ko’tarinkiligi, mavjud turmushni o’zgartirishga intilishning ramzi sifatida idrok etiladi.