Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket

Adabiy asar syujeti nima?

Bir qarashda hamma kitoblarning mundarijasi bitta va xuddi o’sha sxemaga ko’ra tarkib toptirilgandek tuyuladi. Ularda qahramon, uning muhiti to’g’risida, uning qayerda yashashi, unga nima bo’lishi va uning sarguzashtlari nima bilan tugashi haqida hikoya qilinadi. Shunday bo’lsa-da, bu sxema go’yo hamma mualliflar ham rioya qilavermaydigan qolipga o’xshaydi: ba’zida hikoya qahramonning o’limidan boshlanadi yoxud muallif kutilmaganda bundan buyon qahramonga nima bo’lishini bildirmasdan ham qissago’ylikni to’xtadi. Asarning bu tarzda nihoyalanishi ochiq final — yakun deb ataladi. Bunday hollarda tarix qanday tugashini o’quvchining o’zi echib olishi kerak. Biroq istalgan asarda har doim tevaragida syujet rishtalari bog’lanadigan qoziq bo’lgulik vaziyatlarni topish mumkin. Ular shunday ataladi ham: — tugunli nuqtalar. Ular ko’p emas: tugun, kulminasiya va yechim. Endi, keling, ularni adabiy asarlardan izlab topishga urinib ko’ramiz. Masalan, Aleksandr Dyumaning sizga yaxshi tanish “Uch mushketyor” romanini olaylik. U D’Artanyan haqida asosiy ma’lumotlar bildirib o’tiladigan kirish yoki kirish so’zidan (ba’zan uni debocha [prolog] deb ham ataladi) boshlanadi-da, unda: u qashshoqlashib qolgan zodagonlar xonadonidan chiqqanligi, otasi o’tmishda qirolga xizmat qilganligi va endi o’g’li uning ishini davom ettirishini — mushketyor bo’lishini istayotgani haqida hikoya qilinadi. Shu tarzda, voqealar boshlanadi. Syujet rivojlanishi D’Artanyandan tavsiya xatini ilib ketishgan paytdan boshlanadi. So’ngra biz D’Artanyan Parijga kelgani, do’stlar va dushmanlar orttirgani va qirolga xizmat qila boshlagani haqida bilib olamiz. Tugun — asosiy qahramonlarning to’qnashuvi — D’Artanyan va kardinal uchrashuvi, unda mushketyor qudratli bir dushman orttirganini payqadi. Dyuma barqaror rivojlanib boruvchi syujet qurishning buyuk ustasi edi. Shuning uchun yangi qahramonlar (Konstantsiya, Miledi bilan munosabatlar), Bikengem va Malika tarixini kiritadi. Biroq Dyuma uchun eng asosiysi barqaror, shiddatli rivojlanuvchi syujet bo’lgan. Shuning uchun kiritilgan qahramonlar romanning asosiy liniyasi — bosh qahramon sarguzashlarini chalkashtirib yubormaydi. Dyuma, garchi qahramonlardan har birining tarixi alohida “syujetcha”ni — u syujet liniyasi deb ataladi — uyushtirsa-da, o’z qahramonlari haqida eng zarur narsalarni bayon qiladi. Mabodo siz romanni diqqat bilan o’qigan bo’lsangiz, unda asarda manzaralar, binolar, qahramonlarning tashqi ko’rinishi va libosining uzundan-uzun, kengaytirilgan tasviri deyarli yo’qligini ilg’agandirsiz. Dyuma hamisha oshiqadi: u kitoblarga shiddatni singdiradi va shuning uchun uni syujet rivojlanishining oliy nuqtasiga — kulminasiya sari juda tez boshlab ketadi. “Uch mushketyor” romanida bu — munchoqlar bilan bog’liq tarixning hal bo’lishidir. Shunday qilib, ikki qahramon to’qnashuvi sodir bo’ldi, mojaro fojeali tugaydi — Konstantsiya halok bo’ladi. Roman yechimi yuzaga chiqishi kerak. Dyuma nima qiladi? U tasvirlashdan voz kechib, voqealarni kuchaytiradi.

Girl in a jacket
Girl in a jacket
Girl in a jacket