Metafora nima?

Siz, albatta, shunday iborani ko’p eshitgansiz: «Oyog’ini qo’liga olib yugurmoq», ya’ni judayam tez. Uning asosida — metaforik solishtirish, yorqin, namoyon timsollarni qiyoslash. Bunday muqoyasa metafora deb ham ataladi. Nomlanish «Ko’chirish» ma’nosini anglatuvchi yunoncha «Metafora» so’zidan paydo bo’lgan. Darhaqiqat, ikki buyum yoki hodisa solishtirilayotgan paytda birining alomatlari yoki sifatlari boshqasiga ko’chadi. Masalan, yomg’ir qattiq yog’ayotganda, — «Chelaklab qo’ygandek», deydilar. Bunda to’kilayotgan suvning ikkita timsoli solishtiriladi — biroq ulardan birortasi ham to’gridan-to’gri atalmaydi. Kengaytirilgan tasvirlash o’rnida ularni yaqinlashtiruvchi mushtarak belgi — suv shovqini tilga olinadi. Bunday «qisqartma solishtirish» ham metafora deb ataladi. Metafora folklor va adabiyotda ko’p qo’llanadi. Masalan, siz ertaklarda buyumlarning nomiga duch kelasiz — «tovuq oyogida turgan chayla» yoki «sutli daryolar, sharbatli sohillar». Bu metaforalarning asosida esa xuddi o’sha solishtirish: chayla qurilgan poydevor shakli, suv va qumli sohilning rangi. Metaforalar ular asosida yorqin va kutilmagan timsollar yaratiladigan she’riy nutqda eng ko’p uchraydi. Masalan, yomg’irda qolib ketib ho’l bo’p ketgan odamlarni Mayakovskiy shunday tasvirlaydi: «piyodalar tumshug’i emdi yomg’irni». Timsol bilan birlashtirilgan metaforadan foydalangan shoir odatiy hodisani kutilmagan nuhtai nazardan ko’radi. Shu tarzda metafora shunchaki shoirona nutqning ziynatigagina emas, balki muallif fikrini ifodalash vositasiga aylanadi.