Allegoriya (majoz) nima?

Siz, albatta: «Qilichni eritib quyamiz omoch» yoki «Avgiy otxonalarini tozalaymiz» degan iboralarni eshitgansiz. Ammo siz bu — allegoriya (majoz) ekanligi xususida o’ylab ham o’tirmagansiz. Timsolli, metaforali shaklda ular urushni tugatish va tinch yashashga da’vat qiladi, qandaydir chigal ishni hal qilish zarurligi haqida so’zlaydi. Bunday ibora allegoriya deb ataladi (yunoncha allegoria — ramz, kinoyadir). Yorqin timsol shaklida allegoriya qisqacha berish qiyin bo’lgan qandaydir g’ayri-voqeiy tushunchani ifodalaydi. Shunday allegorik timsollar borki, qaysi tilda so’zlanishdan qat’i nazar barcha odamlar ularni tushunadi. Mana, masalan, Femida — adliya ilohasi. Ko’zlari bog’lab qo’yilgan va qo’lida tarozu tutgan ayol timsoli adliyaning hamma tomonidan qabul qilingan allegoriyasiga aylandi. Boshqa bir timsol ham yaxshi tanish. Bu, jomga chirmashib borayotgan ilon — tibbiyot allegoriyasi. Adabiy usul sifatida allegoriya adabiyotda, rassomchilikda, haykaltaroshlikda keng qo’llaniladi. Masalan, A. N. Ostrovskiy shu nomdagi pyesasida chaqmoqning tilga olinishi aniq ifodalangan allegorik ma’noga ega edi. Tomoshabin uni aniq bir tabiat hodisasiga ishora sifatida emas, balki bir-biri bilan to’qnashayotgan ikkala murosasiz tomonning timsoli sifatida idrok etgan. Allegoriyalarning aksariyati, albatta, injiliy timsollar va ramzlar bilan bog’langan. Bibi Maryam — ma’naviy poklik, Iuda — yolg’on va sotqinlik, Iov — xoksorlik allegoriyasi sifatida namoyon bo’ladi. Ba’zan allegorik timsol tasvirlanayotganga nisbatan muayyan munosabatni ham ifodalashi mumkin. Masalan, Ilf va Petrov boylik ramzi bo’lgan injiliy oltin ho’kiz timsolidan foydalanishgan. Ammo, uning kinoyali jarangini ta’kidlash uchun ho’kizni buzoqqa aylantirishgan. Shu tariqa, boylik ortidan quvishning bema’niligi timsoliga aylangan ixcham va esda qoladigan allegorik timsol vujudga keldi.