ABDUMAJIDOV G’afur kim bo’lgan?
ABDUMAJIDOV G’afur (1928.28.6, Samarqand) — huquqshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1987). Yuridik fanlari Doktori (1983), professor (1985). Toshkent yuridik institutini bitirgan. Respublika prokurori huzuridagi alohida muhim ishlar bo’yicha tergovchi (1951 yildan), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodim, sektor mudiri (1961-66). Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy maktabi kriminalistika kafedrasi mudiri (1974 yildan). 1991-95 yillarda O’zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Akademiyasi boshlig’ining o’rinbosari, 1995 yildan O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining sudyasi. Abdumajidovning ilmiy faoliyati jinoyatlarni tekshirish nazariyasi va amaliyotining muammolariga bag’ishlangan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy komissiyasi tarkibida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi (asosiy qonuni) loyihasini ishlab chiqishda qatnashgan. «O’zbekiston davlat va huquq tarixi», «Jinoyat huquqi» va boshqa darsliklar hammuallifi. «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan (1995).
O‘xshash so‘zlar
- Abdumajid
- Abdumajid Po‘latov (1949-2017) kim bo’lganini bilasizmi?
- ABDUMALIKOV Shuhrat Ravshanovich kim bo’lgan?
- ABDUNABIYEV Abdulla G’ulomovich kim bo’lgan?
- ABDUQAYUMOV Abdug’ani Abdumalikovich kim bo’lgan?
- ABDUQODIR CHALDIVOR kim bo’lgan?
- ABDUQODIR MUHANDIS, Abduqodir Boqiyev kim bo’lgan?
- ABDUQODIR NAYCHI Ismoilov kim bo’lgan?





