ABDUQAYUMOV Abdug’ani Abdumalikovich kim bo’lgan?
ABDUQAYUMOV Abdug’ani Abdumalikovich (1928.27.7, Toshkent) — dirijyor, O’zbekiston xalq artisti (1974), Qoraqalpog’istonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining simfoniya-dirijyorlik bo’limini tugatib (1955), Navoiy nomli teatrda dirijyor. 1960 yildan Toshkent konservatoriyasining opera san’ati kafedrasida o’qituvchi, 1985 yildan professor, 1986 yildan kafedra mudiri. Repertuaridan chet el, rus, qardosh xalqlar kompozitorlari va, asosan, O’zbekiston kompozitorlarining operalari o’rin olgan.
O‘xshash so‘zlar
- ABDUQODIR CHALDIVOR kim bo’lgan?
- ABDUQODIR MUHANDIS, Abduqodir Boqiyev kim bo’lgan?
- ABDUQODIR NAYCHI Ismoilov kim bo’lgan?
- ABDUQODIR SHUKURIY Abdushukur o’g’li kim bo’lgan?
- ABDUQUNDUZOV Muhammadali kim bo’lgan?
- ABDURAHIM NIZORIY kim bo’lgan?
- ABDURAHIM TOSHTAROSH kim bo’lgan?
- ABDURAHIMBIY, Abdurahimxon kim bo’lgan?











