ABERDIN
ABERDIN — Buyuk Britaniyadagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayoninining ma’muriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shimoliy dengiz bo’yidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. To’qimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494), gotika sobori (1336-1522) bor. 12-14 — asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi.