FRAUNGOFER (FRAUNHOFER) YOZEF

FRAUNGOFER (FRAUNHOFER) YOZEF (1787.6.3, Shtraubing 1826.7.6, Myunxen) — nemis fizigi. Bavariya Fanlar Akademiyasi a’zosi (1823). Mustaqil ma’lumot olgan. Myunxen matematika va optika instituti direktori (1818 yildan), Myunxen universiteti professor. Asosiy ilmiy ishlari fizik optikaga oid. Fraungofer Quyosh va sayyoralarning spektrlarini o’rgangan. Dispersiyani tadqiq qilishga, axromatik linza olishga muhim hissa qo’shgan. Katta axromatik ob’ektivlar tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish, spektrometr, axromatik mikroskop, okulyar mikrometr va geliometrni ixtiro kilgan. Quyosh spektridagi qora chizikdar (Fraungofer chiziqlari)ni birinchi bo’lib o’rgangan, to’lqin uzunligini o’lchagan. Difraktsion panjara ixtiro qilgan va uni parallel nurlar difraktsiyasini tadqiq qilishda qo’llagan.