FRAUNGOFER CHIZIQLARI

FRAUNGOFER CHIZIQLARI – Quyosh spektridagi yutilish spectral chizikdari. Yorug’likning Quyosh yoki Yer atmosferasidagi yutilishi tufayli hosil bo’ladi (telluriy chiziklar). Fraungofer chiziqlarini 1802 yilda birinchi marta ingliz fizigi U. Uollaston kuzatgan, 1814 yilda nemis fizigi Y. Fraungofer batafsil tekshirgan va bayon etgan, 1860 yilda G. Kirxgof nazariy tushuntirib bergan. Elektromagnit to’lqinlar spektrining infrakizil, ko’rinuvchi va ultrabinafsha sohalarida 20 mingdan ortiq Fraungofer chiziqlari kuzatiladi. Ulardan eng qisqasining to’lqin uzunligi A,= 155 nm. Fraungofer chiziqlarining ko’pchiligi ma’lum kimyoviy elementlarning spektral chiziqlari bilan bir xil ekanligi aniqlangan. Fraungofer chiziqlarini o’rganish Quyosh atmosferasining kimyoviy tarkibini, Quyoshdagi fizik sharoitlar va hokazolarni aniqlash imkonini beradi.