FRENBURG UNIVERSITETI

FRENBURG UNIVERSITETI, Albert Lyudvig nomidagi Freyburg universiteti — Germaniyadagi qadimgi universitetlardan biri. 1457 yil ersgersog Albrext VI tomonidan Albertin nomi bilan tashkil etilgan. Tarkibida teologiya, yuridik, badiiy va tibbiyot ftlari bo’lgan. Mashg’ulotlar 1460 yildan boshlangan. 1620 yildan muhim lavozimlar ni ieuzitlar egallagan. 1767 yil davlat o’quv yurtiga aylangan. 19-asr boshlaridan Albert Lyudvig nomi bilan ataladi (universitetga badenlik gersog Lyudvig katta yordam ko’rsatgan). Teologiya, huquq, iqtisodiyot, tibbiyot, falsafa, matematika, fizika, kimyo, biologiya, farmakologiya, yer haqidagi fan, o’rmon xo’jaligi bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1974 yil tashkil etilgan)da 2 millionga yaqin asar saqlanadi. 23 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.