AYoLLARNI TUG’ILGAN OYIGA QARAB XARAKTERI

YaNVAR:
Ushbu oyda tug’ilgan ayollar kuchli matonatga egalar. Bunday ayollar juda sabrli sanalib, erkaklarga xos kuchli xarakterlidirlar. Ular kamdan-kam nolib, ichki hissiyotlari bilan kamdan-kam bo’lishishadi. Shuning uchun bo’lsa kerak, o’z muammolarini o’zlari hal qilgilari keladi.
Yanvarda tug’ilgan ayollar ko’pincha oshxonada ishlashni yoqtirishsada, supir-sidirni
uncha xush ko’rishmaydi…
FEVRAL:
Bu oyda tug’ilgan ayollar qat’iy hisoblanilib, xarakterlari juda og’ir
ayollardirlar. Ular juda injiqlar. Tez-tez jahllari chiqib tursada, o’zlarini qo’lga ola biladilar. Ular qiyinchiliklardan qo’rqishmaydi va tezda qarorlar qabul qilishadi, shuning uchun bo’lsa kerak odatda xato qarorlar qabul qilishadi. Buroz arazchi ayollar sanalib, qasoskordirlar. Odamlarni o’z izmiga sola
oladilar, ishda ham faol ayollardan. Bolalrni juda sevishadi…
MART:
O’ta hissiyotga to’la ayollar. Ular juda eziluvchan va muloyim insonlar. Ularni
bo’ysundirish juda qiyin. Bunday ayollar kuchsiz bo’lganligi uchun o’zlariga doim kuchli erkaklarni jalb qila olishadi. Mart oyida tug’ilgan ayollarga biroz qiyin, chunki ularning uyatchanligi ularga doim pand beradi…
APREL:
Ushbu oyda tug’ilgan ayollar serg’ayrat va harakatchandirlar. Ular o’z
yo’llarida aniq maqsadlarni qo’yishadi. Ular aql bilan ish ko’radilar, shuning uchun bo’lsa kerak erkaklar ulardan hayiqishadi. Aprel oyida tug’ilgan ayollar aniq
maqsadlar sari kelajakka intilsalarda bu inlilish tez natija bermaydi…
MAY: Kuchli va talabchan ayollar. Bir qarorga tez kela olishmasada o’z maqsadlariga erisha oladiganlar xilidan. Birovning gunohlarini tez kechirishmaydi. Shuning uchun
ham erlari bilan ajrashishlari mumkun, ummo keyin juda afsuslanishadi. Ular direktorlik kursisiga intiluvchan ayollardirlar. Ularga turmush qurishdan ko’ra biron-bir kompaniyani boshqarish ancha oson…
IYuN:
Ular uchun eng birinchi ehtiyotkorlik turadi. Bu ayollar juda mehribonlar, qasoskor sanalsalarda qasos olish qo’llaridan kelmaydi. Urushishni xush ko’rishmaydi va janjallardan qochib yurishadi. Odatda kayfiyatiga qarab ish ko’rishadi…
IYuL:
Uyatchan va oddiylikka intiluvchan ayollar. Ular
odatda qiynaluvchan va o’zini tergovchi ayollar. Butun xayotini xarakteriga qarab yashashadi. Ich-ichdan qiynaluvchilar. Romantik insonlar. Hayotidagi asosiy narsa bu – oila…!
AVGUST:
O’taketgan mag’rur va mustaqil ayollardirlar. Yana ular mehribon va yordamni xush ko’ruvchi ayollar. Tabiatan lider ayollar va boshqarishni xush ko’ruvchilar turidan.
Diqqat markazida bo’lishni yoqtirishadi, ammo mustaqil
ayollar. Oilaviy munosabatlarni hurmat qilishadi, erkaklarni o’ziga tez jalb eta olishadi. ishonuvchan bo’lganliklari uchun tez-tez aldanishadi…
SENTYaBR:
Tez jahli chiquvchilardan. Juda rashkchi ayollar. Qo’llari jud shirin.
Oilam deydiganlardan va sodiq rafiqa yoki do’st bo’la oladilar. Menimcha, dunyodagi
eng zo’r onalar aynan shu oyda tug’ilishadi. O’zini bolalariga bag’ishlay oladilar…
OKTYaBR:
Juda oddiy ammo shu bilan birga diqqat markazda
bo’lishni yoqtirishadi. Xotiralari yaxshi va yaxshilab o’ylab keyin qaror qabul qiluvchilardan. Uy ishlariga ulardan o’tadigani yo’q. Ammo
yalqovchilikda ham oldingi o’rinlardalar…
NOYaBR:
Juda mehnatkash va o’zini butunlay ishga bag’ishlaydigan ayollar. O’zini sevuvchi va xudbin bo’lishlariga qaramay oilasi uchun jon beruvchilardan.
Ehtiyotkor va tejamkorlar. Qattiq seva olishadi, ammo
rashk qilishda ham ularga teng keladigani yo’q. O’z maqsadlari sari yengilmas va nima ishga qo’l ursa olib keta biladiganlardan…
DEKABR:
Portlovchi xarkaterga ega hissiyotga boy insonlar.
Ular bilan gapirganda aslo zerikmaysiz. Mehnatkash ammo yalqovlikni deb ishlarini o’z vaqtlarida qilmasliklari tabiiy. Oilaviy hayotda
qiynalishadi.