Ayollar haqida bir necha faktlar

  • Barcha qizlar kuchli erkaklarga nozkarashma qilishni yaxshi ko’rishadi.
  • Uchtadan ortiq qizlar bir joyga yig’ilsa, suhbat erkaklar haqida borar ekan.
  • Chiroyli qizlar tezda xafa bo’lishni usta bo’lishadi, siz hatto nima bo’lganligini ham bilmay qolishingiz mumkin.
  • Qizlardan qo’lini ko’rsatishni iltimos qilsangiz, manikyurini maqtanish uchun kaftini pastga qilgan holda, tirnoqlarini ko’rsatadilar.
  • Ayollar bir vaqtning o’zida bir nechta ishlar qilishi mumkin, masalan, tirnoqlarni bo’yashi, serial ko’rishi, telefonda gaplashishi mumkin.
  • Ayollar ko’zlarini chiroyli va bir xil bo’yash uchun ayollar og’zilarini ochib bo’yashar ekan.
  • Qizlar bilan qo’l berish salomlashganda agar ular sizni tanimasa ular qo’lni siqib salomlashmas ekan.
  • Esnagan qizlar og’zini erkaklar kabi musht bilan emas, kafti bilan ochiq holatda yopishar ekan.
  • Chiroyli qizlar qo’llari band bo’lishini yoqtirishar ekan, shuning uchun aksariyat qizlar qo’llarida sumkachalari bilan yurishadi.
  • Erkaklar soat 19 ga uchrashuv tayinlangan bo’lsa, qizlar ertalabdan bu uchrashuvga tayyorlanishadi va shunda ham kech qolishlari mumkin ekan.
  • Ayollarning his-tuyg’ulari yaxshi rivojlangan bo’lib, ular erlari do’stlari bilan futbol ko’rgani yoki ishda ushlanib qolganligini aniq sezishar ekan.
  • Chiroyli, kelishgan sizga qarab: “Siz yaxshi do’stsiz”, – desa, sevgi munosabatlari haqida unuting.
  • Ayollar erkaklarning kambag’alliklarini, soch-soqoli olinmaganligini qabul qilishlari mumkin, lekin hazilkash bo’lmagan erkaklarni qabul qilishlari qiyin ekan.
  • Ayollar uchun xotirada qoladigan sanalar muhim hisoblanadi, hatto bu kun hayolingizda bo’lmasa ham, sizga eslatishdan charchamaydilar.
  • Ayrim qizlar munosabatlari yakuniga yetayotgan vaqtda kundalik tutish odatlari bor ekan.
  • Ayollar kompyuter o’ynashingizni, futbol, do’stlar davrasida va ayolingizga sarflanmagan barcha ishlaringizni yomon ko’rishar ekan.
  • Ayollarning kechirgan narsalari katta janjal paytida sizga qayta eslatishlari bor gap.
  • Soch turmaklari, manikyur, yuz pardozlari, o’zi uchun emas, sevgan insoni uchun qilinar ekan.
  • Qizlar sizning internet sahifangizga sizdan ko’proq kirishar ekan. Xudo ko’rsatmasin, biron-bir qizga layk bosib qo’ysangiz, holingizga maymunlar yig’laydi.
  • Qizlar sevgan insonidan 1 ta atirgul olsalar, boshlari osmonga yetar. Yoqtirmagan kishisi 101 atirgul sovg’a qilsa ham, ayb topar ekan.
  • Qizlar sevgani bilan janjallashib qolsalar, birinchi navbatda dugonasiga telefon qilishar ekan.
  • Har bir qiz o’zini semiz deb hisoblashar ekan. Shu sababli, bir yilda bir marotaba parxez qabul qilishar ekan.
  • Hamma qizlar maqtovni yaxshi ko’rishadi. Bir kun ichida bitta ham maqtov eshitmasalar, tushkunlikka tushib qolishlari aniq holat.
  • 25 yoshli qizlar o’zlaridan bir necha yosh yigitlar bilan munosabat qurishmas ekan. Ularga asosan o’zlaridan bir necha yosh kattalar qiziqroq bo’ladi.
  • Ko’pchilik qizlar eng yoqtirgan yigitlarining maktublari, smslari va shu kabi narsalarini saqlab yurishadi va vaqti-vaqti bilan o’qishar ekan.
  • Aksariyat qizlar pardoz-andoz anjomlarini ishlatmasalar ham, uylarida saqlashni yaxshi ko’rishar ekan. Vaqti-vaqti bilan ishlatib ko’rishlari ham mumkin.
  • Munosabatlar tugagandan keyin deyarli barcha qizlar tuni bilan yig’lab chiqishar, bu yig’lashlar yillarga ham cho’zilishlari mumkin ekan.
  • Chiroyli qizlar bir razmer shim sotib olishlarining sababi, ozish uchun ularda motivatsiya payti bo’larkan.
  • Ko’pchilik qizlar hech bo’lmagan bir marta bo’lsa ham sigaret chekib ko’rishgan ekan. Lekin bu haqida hech qachon tan olishmaydi.
  • Erlik ayollar dugonalari bilan asosiy suhbatlar erlari bilan bo’ladigan aloqalari haqida bo’lar ekan.
  • Ayollar erlarini tez-tez qahramonliklarini tekshirib turishni yaxshi ko’rishar ekan.
  • Ba’zi ayollar erkaklar va ayollar do’st bo’la oladi deb o’ylashar ekan, shu bilan birga qachondir bu do’stlik sevgiga aylanishiga umid qilishadi.
  • Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko’proq ko’zlarini pirpiratishar ekan.
  • Ba’zi ayollarning miyasi erkaklarnikiga qaraganda 10 foizga, hajm jihatdan kichikroq bo’lishar ekan.
  • Ayollar goroskoplar, folbinlar, ob-havoga ishonishlarining sabablari, keyin aybni boshqalarning bo’yiga qo’yishga osonroq bo’lishi uchun ekan.
  • Ayollarning yangi sochturmaklarini ko’rmay qolsangiz yoki maqtamasangiz sizdan ancha vaqtgacha xafa bo’lib yurishlari mumkin ekan.
  • Qizlar o’zlariga kerak bo’lgan bloknotni usti chiroyli bo’lganligi uchun sotib olishlari mumkin ekan.
  • Katta yoshdagi ayollarni bodi-bilding bilan shug’ullangan muskulli erkaklar qiziqtirmas ekan.
  • Qizlar g’amgin kinolarni yaxshi ko’rishar, yig’latadigan sahna ko’rinishlarida to’yib yig’lashni yoqtirishar ekan.
  • Ayollarning kayfiyati yo’qligida u bilan gaplashmagan to’g’ri bo’ladi. Eng to’g’ri yo’l ularning yonida bo’lish, bag’ringizga bosish.
  • Qizlar jahldor, kuchli erkaklarni yaxshi ko’rishar ekan. Oila qurish uchun ko’ngli toza, yaxshi insonlarni tanlaydilar.
  • Qizlar hayvonlarga ozor beradigan insonlarni juda-juda yomon ko’rishadi. Aksariyat qizlar texnika, kompyuter tilini tushunmas ekan, lekin bu hamma qizlar degani emas.
  • Erkak kishi qo’lidan biron narsani ta’mirlash qo’lidan kelsa, qizning bu erkakka hurmati yana ham oshadi.
  • Erkak qiz bilan uchrashganda, qiz birinchi o’ylaydigan narsasi, ular orasidagi to’y qanday o’tishi, bolalari kimga o’xshashini tasavvur qilishar ekan.
  • Ayolingizni yarim yil ichida birinchi marta pardozsiz ko’rdingizmi? Demak, u sizga to’liq ishonishni boshlagan bo’ladi.
  • Ayollar ko’p vaqt jim turishsalar, demak oldinda sizni janjal kutmoqda.
  • Ayollar avtomobilni erkaklarga nisbatan ehtiyotkor haydashar ekan. Sababi, ular jonini saqlab qolishi, instinkti kuchli rivojlangan.
  • Ayollar erkaklarga ko’ra, ko’proq ranglarni ko’ra olishar ekan.
  • Ayollar umrlari davomida o’rtacha 2 kilogrammgacha pamadani yeb qo’yishar ekan.
  • Qizlar hurmat qilishlarini, qadrlashlarini, qo’llarida ko’tarishlarini va ko’pincha maqtovlar eshitishni xohlashadi.