Inson psixologiyasi haqida

  • Inson qanchalar aqlli bo’lsa, u shunchalar o’z qarashlariga ishonmaydi.
  • Agar siz biror inson bilan muloqotdan so’ng, o’zingizda salbiy hislarni sezsangiz, demak siz salbiy inson bilan suhbatda bo’lgansiz.
  • Imzo inson haqida ko’p ma’lumotlarni bayon qilishi mumkin. Masalan, imzoyingiz qanchalar yirik bo’lsa, shuncha o’zingizga ishonasiz.
  • Davrada birdaniga kulgi ko’tarilganda, har bir inson o’zi yoqtirgan insonga boqadi.
  • Insonlarga ismlari orqali murojaat qilish orqali, ularda o’zingizga ishonchni yanada orttirasiz.
  • 80 foiz insonlar bo’lajak turmush o’rtoqlarini 16 yoshda uchratadilar.
  • Ko’pchiligimiz soxta vibratsiya sindromidan aziyat chekamiz. Ba’zan mobil telefonimiz vibratsiya berayotgandek tuyuladi, aslida esa bunday bo’lmaydi.
  • Insonning oshiq bo’lishi uchun 4 daqiqa yetadi.
  • Qutbalanish qonuniytiga ko’ra, qarama-qarshi qarshiliklar bir-biriga tortiladi.
  • Bizni o’zimizga mutlaqo qarama-qarshi xususiyatli insonlar o’ziga tortadi.
  • Inson qancha aqlli bo’lsa, shuncha kam maslahat beradi.
  • Yuragimizning oshiqlik hissiga hech qanday aloqasi yo’q. barchasi miyamizda sodir bo’ladigan kimyoviy jarayonlardir.
  • Hayotning haqiqiy mazmunini topish uchun harakat qilish kerak. O’z fikrlaringiz ortidan boring. Ular sizni maqsadlaringiz sari yetaklaydi.
  • Miyamiz salbiylikka moyil. U yoqimli xotiralardan ko’ra, yoqimsizlarni ko’proq eslab qoladi.
  • Agar siz muammolarga ko’proq e’tiborni jalb qilsangiz, ular yanada ortadi.
  • Agar siz imkoniyatlarga e’tibor qaratsangiz, yanada ko’proq imkoniyatlar paydo bo’ladi.
  • Siz tashqi ko’rishingiz, so’zlash tarzingiz va nimalarni so’zlashingizga qarab notanish insondan 5 soniya ichida ilk o’chmas taassurotni qoldirasiz.
  • Diqqatni jamlash va xotirjam bo’lishning eng yaxshi usuli, topshiriqni bajarish vaqtida o’z-o’zingiz bilan hayolan suhbatlashingizdir.
  • Muntazam boshqalarga ko’mak beradigan insonlar o’zlarini baxtliroq his qiladilar va yoshlari o’tgani sari tushkunlikka kamroq tushadilar.
  • Tez-tez qadam tashlaydigan insonlar, odatda, sekin yuradigan insonlardan ko’ra, o’ziga ishongan va baxtliroq bo’ladilar.
  • Ayol kishi o’zi chindan g’amxo’rlik qiladigan inson bilan muhokama kirishadi, muhokama qanchalik kam bo’lsa, qiziqishlari shuncha kam bo’ladi.
  • Quvnoq musiqalar diqqatni jamlashga yordam beruvchi miya to’lqinlarini ularni tinglashdan to’xtatganingizdan so’ng ham faollashtiradi.
  • Kuchugi bor insonlar, mushugi bor insonlar va umuman uy hayvonlari saqlamaydigan insonlardan ko’ra ko’proq tabassum qilishadi.
  • Agar o’zingiz qilgan yaxshiligingiz evaziga biror narsa kutsangiz, demak siz unchalik yaxshi inson emassiz.
  • Bulutlardan tushgan moyin insonlar, odatda muammolarni oson hal qiladilar.
  • Odatda musiqiy qiziqishlarimizni jihatidan o’zimizga o’xshash insonlar e’tiborimizni tortadi.
  • Agar siz maqsadlaringizni ichingizda saqlasangiz, ularga erishish ehtimoli ko’proq bo’ladi.
  • Yolg’on haqiqatga qaraganda, ko’proq aqliy zo’riqishga sabab bo’ladi, chunki biz yolg’on so’zlaganimizda gaplarimiz bir-biriga mos ekanligi haqida o’ylay boshlaymiz. Rostgo’ylik esa har qanday salbiy oqibatlardan holidir.
  • Yurakni o’rtaydigan filmlar tomosha qilish insonni o’z hayoti va munosabatlari haqida chuqurroq o’ylashga majbur qilar ekan.
  • Ularga kimdir taqlid qilayotganini sezgan insonlar, odatda, o’zlarini yaxshi tutishga urinadilar.
  • Yotoqning qaysi tomonimiz bilan turishimiz baxtni his qilishimizga ta’sir ko’rsatar ekan.
  • 2011 yilda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, yotoqning chap tomonida uxlaydigan insonlar o’zlarini o’ng tomonda uxlaydiganlardan ko’ra baxtliroq his qilar ekanlar.
  • Dorining ta’siriga ishonish hissi haqiqiy da’vo kabi ta’sir ko’rsatar ekan. Yaqinda o’tkazilgan tadqiqotlar ushbu holat tibbiyotni o’zgartirib yuborishini ko’rsatdi.
  • Insonlarga baxtli bo’lish uchun faqat bir narsa kerak. Hozirdagi bo’lgan narsalarga diqqatlarini qaratishlari va ularda yo’q bo’lgan narsalarga xavotirga tushmasliklari kerak.
  • Ko’pincha kimningdir e’tiborini tortishning eng yaxshi usuli, unga e’tibor berishni to’xtatishdir.
  • Kimdir sizni boringizcha qabul qilmaslikdan xavotirga tushmang. Chunki har doim sizni qaysidir jihatingiz uchun yoqtirib qoladigan inson topiladi.
  • Ko’p hollarda insonlar tushunish uchun tinglamaydilar. Ular faqat so’zlash uchun o’z navbatlarini kutadilar.
  • O’ziga bo’lgan ishonchi sust bo’lgan insonlar boshqalarni kamsitishga ham moyil bo’ladilar.
  • Video o’yinlarni o’ynaydigan insonlar ko’p holatlarda aniq tush ko’radilar.
  • Aqliy faoliyat ham ozishga sabab bo’ladi.
  • O’lim insonlarni qo’rqitadigan ikkinchi narsadir. Birinchisi esa omadsizlikka uchrashdan qo’rqishdir. IQ si yuqori ayollar, o’zlariga juft topishlari qiyinroq.
  • Insonlar o’zlari chindan qiziqadigan narsalar haqida gapirganlarida yanada yoqimtoyroq ko’rinadilar.
  • Ayollar sir saqlaydigan o’rtacha vaqt 48 soatni tashkil qiladi.
  • Kimdir baxtdan ko’z yosh to’kkanida ilk ko’z yosh tomchisi o’ng ko’zdan oqadi. Og’riq yoshlari esa chap ko’zdan chiqadi.
  • 95 foiz holatlarda insonlar sizga savol bermoqchiligini aytganlarida siz oxirgi paytda qilgan barcha salbiy ishlaringizni hayolingizdan o’tkazasiz.
  • Aqlli insonlar ko’pincha o’zlariga yetarlicha baho bermaslikka moyil bo’ladilar.
  • Salbiy hislarni qog’ozga yozib, axlatga tashlash kayfiyatingizni ko’taruvchi psixologik xiyladir.
  • O’z kamchiliklaringizni tan olishingiz bilan ularni sizga qarshi hech kim qo’llay olmaydi.
  • Keraksiz insonlar bilan muloqot qilishni to’xtatishingiz bilan hayotingizda ajoyib o’zgarishlar sodir bo’la boshlaydi va bu tasodif emas.
  • Insonlarning sevimli mavzulari bu o’zlari. Shuning uchun kimgadir yoqishni istasangiz ularga o’zlari haqida so’zlang.