PARTISIPATORLIK DEMOKRATIYASI

PARTISIPATORLIK DEMOKRATIYASI — xalq hokimiyati sifatidagi me‘yoriy idealga toliq mos kelishiga va uning zamonaviy davlat va jamiyat tuzilishiga moslashishiga da‘vogarlik qiladi. Unga ko’ra boshqaruvda ko’p odamlarning ishtirok etishi qarorlar qabul qilish uchun intellektual potensialni kengaytiradi, ularning eng ma‘qullarini tanlash ehtimolini oshiradi va demak, siyosiy tizim barqarorligi va boshqaruv samaradorligi ortadi. Bundan tashqari, fuqarolarning siyosiy jarayonda faol ishtiroki mansabdor shaxslar ustidan samarali nazoratni ta‘minlaydi, hokimiyatni suiste‘mol qilishning, deputatlarning xalqdan uzilib qolishini, amaldorlarning byurokratlashuvining oldini oladi, deb hisoblaydi.