PARTIYAVIY TIZIM

PARTIYAVIY TIZIM — mamlakatda mavjud partiyalar miqdori va belgilari asosida aniqlanuvchi tushuncha. Jamiyat ichida ijtimoiy faoliyatni shakllantiruvchi, tashkil etuvchi siyosiy institutlar majmuasidir. Siyosiy institutlar bir tomondan siyosiy partiyalar bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar, boshqa tomondan – partiyalar siyosiy tizimning ijtimoiy elementlari va fuqarolar o’zaro munosabatlari ifodasi. Partiyaviy tizimi ma‘lum bir jamiyat yoki davlatlar tomonidan qabul qilinmagan. Masalan, Butan, Ummon, Quvayt, Saudiya Arabistoni kabilar. Shu bilan birga bir partiyali yoki ko‗p partiyali tizimlar ham mavjud. Bir partiyaviy tizim (yagona va hukmron partiya boshqa partiyalar mavjudligiga yo’l qo’ymaydi yoki ularni qattiq nazorat etadi); ikki partiyaviy tizim (mukammal ikki partiyaviy tizim – umummilliy saylovlarda yetakchi ikki partiya raqobatlashuvi va birining g’olib chiqishi, boshqa partiyalarga imkon qoldirmasligi bilan xarakterlanadi; ikki yarim partiyaviy tizim  ―uchinchi‖ partiya saylovchilarning 25% gacha ovozini olishga yo’l qo’yadi); ko’p partiyaviy tizim (mukammal ko’ppartiyaviy tizim – bir partiyaning uzoq muddatli saylovlarda g’olib chiqib yakka tartibda yoki koalitsiyada hukumat tuzishi, muholif partiyalar mavjudligi; koalitsion ko’p partiyaviy tizim – muholif partiyalarning hech biri yakka tartibda saylovda g’olib chiqishining imkoniyati bo’lmaganligi sababli kichik partiyalarning koalitsiyalarga birlashishi).