PARLAMENT MUXOLIFATI

PARLAMENT MUXOLIFATI — hukumatni tashkil qilishda ishtirok etmaydigan, bir qator masalalar bo’yicha hukumat siyosatiga qarshi chiqadigan birorta partiyaning parlamentdagi deputatlari guruhi yoki parlament fraksiyasi. Qator mamlakatlarda (masalan, Buyuk Britaniyada) parlament reglamentlari yoki odatiy huquq normalari Parlament muxolifati maqomi va huquqlarini mustahkamlaydi, jumladan, Parlament muxolifati a‘zolarining parlament (yoki uning palatasi) organlaridagi vakillik kvotasini belgilaydi, uning yetakchisiga maxsus maosh tayinlaydi.