VATAN

VATAN — 1) inson tug’ilib o’sgan, uning ijtimoiy va ruhiy-madaniy tiklanish jarayoni sodir bo’lgan mamlakat; 2) tabiiy-jug’rofiy sharoiti, aholisi, ijtimoiy-madaniy xususiyati bilan tarixiy nuqtai-nazardan aniq bir davlatga tegishli bo’lgan hudud; 3) inson tug’ilgan aniq aholi punkti, joyi; 4) biror-bir fenomen, ixtiro, ijtimoiy g’oya, siyosiy muassasa va boshqalar paydo bo’lishining boshlang’ich joyi (masalan, Buyuk Britaniya – parlamentarizm, O’zbekistonda — kurash, Kanada — xokkey Vatani). Bu tushuncha ―yurt tushunchasiga juda yaqin va kesishadi. Yurt tushunchasi obrazi ―Vatan tushunchasiga qaraganda ko’proq darajada shaxsning, odamlarning davlatga va jamiyatga tegishli ekanligini aks ettiradi.