VATANPARVARLIK

VATANPARVARLIK (grek. patriotesdan – vatandosh, patris – vatan) — kishilarning ona yurtiga, o’z oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo’lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg’u, ma‘naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o’z vatanlari taqdiri bilan bog’liq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o’zlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yo’lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuyg’ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o’tmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo’ladi.