Mo’min
Mo’min (arabcha-e’tiqod qiluvchi, dinga ishonuvchi)-ilk islom davrida Madina jamosi a’zosi. Shar’iy amallarni to’kis bajaruvchi shaxs esa muslim deb atalgan. Mo’min va muslim lug’aviy jihatdan bir-biridan tafovut qilingan. Keyinchalik ular bir mazmunda tushuniladigan bo’lgan. Qur’onda Mo’min so’zi Allohning sifati va dindor e’tiqodining ichki, axloqiy tomonini aks ettiruvchi alohida tushuncha sifatida qo’llanilgan.