Olborg
Olborg — Daniyadagi shahar, Yutlandiya yarim orolining shimolida, shimoliy Yutlandiya amtining ma’muriy markazi. Aholisi 119,6 ming kishi (2000). Lim- Ford bo’g’ozidagi port. Mashinasozlik (asosan, kemasozlik va tsement sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish) sanoati rivojlangan. Tsement, baliqni qayta ishlash, to’qimachilik, kimyo sanoati korxonalari bor.