Olborg
Olborg — Daniyadagi shahar, Yutlandiya yarim orolining shimolida, shimoliy Yutlandiya amtining ma’muriy markazi. Aholisi 119,6 ming kishi (2000). Lim- Ford bo’g’ozidagi port. Mashinasozlik (asosan, kemasozlik va tsement sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish) sanoati rivojlangan. Tsement, baliqni qayta ishlash, to’qimachilik, kimyo sanoati korxonalari bor.
O‘xshash so‘zlar
- Olcha, olivoli
- Olchin, alchin
- Old Osiyo tog’ligi
- Oldi-sotdi (huquqda)
- Oldrij (Aldridge) Jeyms
- Oldrin Edvin
- Olefinlar
- Oleg svyatoslavich











