Lyumines Tsintsiya
Lyumines Tsintsiya (lotincha lumen — yorug’lik, esccnt — kuchsiz, sust ta’sirni ifodalovchi qo’shimcha) — ba’zi moddalarining muayyan temperaturada ularning issiqlik nurlanishiga nisbatan kuchliroq bo’lgan, yorug’lik tebranishlari davridan ancha ortiq vaqt davom etadigan (doimiy issiqlik nurlanishidan farqli) nurlanishi. Issiqlik nurlanishi juda past temperaturalar (uy temperaturasi) da ham Lyumines shiddat bilan hosil bo’lishi mumkin. Shu sababli uni, odatda, «sovuq» nurlanish deb ham yuritiladi. Bu nurlanish yorug’lik, radioaktiv nurlanishlar, rentgen nurlanish, elektr maydon uyg’otadigan, shuningdek, kimyoviy jarayonlar va mexanik ta’sirlar natijasida hosil bo’ladi. Lyumines nurlanish spektri ko’zga ko’rinadigan nurlanish, infraqizil va ultrabinafsha nurlanishning yaqin diapazonlarida mavjud bo’ladi. Shimol yog’dusi, chiriyotgan daraxt, ba’zi hasharotlar (biolyuminessentsiya), minerallarning Lyumineslanishi qadimdan ma’lum bo’lgan. Lekin Lyumines hodisasi 19- asr oxirlarida o’rganila boshlandi. V. K. Rentgeniing turli moddalarning shu’lalanishini o’rganish yuzasidan o’tkazgan tajribalari rentgen nurlari kashfiyotiga, A. Bekkerelntg 1890 yilda lyuminoforlarni tadqiq qilish sohasidagi ishlari radioaktivlik hodisasini aniqlashga sabab bo’ldi. Lyumines qonuniyatlarini o’rganish va uni turli sohalarda ishlatishda S. I. Vavilov tashkil qilgan fiziklar maktabi muhim hissa qo’shdi. Odatda, lyuminessent nurlanish uchta asosiy jarayon tufayli vujudga keladi. 1) elektron, atom va molekula tashki energiya ta’sirida asosiy holat 1 dan uyg’onish holati 3 ga o’tadi; 2) elektron, atom va molekula uyg’onish holati 5dan nurlanmasdan metastabil holat 2 ga tushadi; 3) elektron, atom va molekula metastabil holati 2 dan asosiy holat 1 ga kuchli nur chiqarib o’tadi. Bulardan tashqari, Lyuminesni hosil qiluvchi bir nechta kvant o’tish yo’llari mavjud. Masalan, zarralar uyg’onish holati 3 ga o’tmasdan unga yaqin holatlarga o’tib, bir butun yo’lak (polosa) hosil qilishi mumkin; zarralar to’g’ridan-to’g’ri holat 3 dan asosiy holat 1 ga qaytib tushishi mumkin (rezonans nurlanish). Ko’pincha, zarralar metastabil holat 2 dan 1 ga emas, qo’shimcha holat /’ ga o’tishi va keyinchalik nurlanish chiqarmay /’dan 1 holat (/’-» 1) ga utishi mumkin. Agar energiya uzatishning yakunida rekombinatsiya jarayoni (ya’ni elektron va ion, elektron va kovak birlashuvi) mavjud bo’lsa, bunday nurlanishni rekombinasion Lyumines deyiadi. Shu’lalanishning davom etish vaqtiga qarab, Lyuminesni fluoressentsiya (qisqa vaqtli shu’lalanish) va fosforessentsiya (uzoq vaqtli shu’lalanish) xillariga bo’linadi. Lyuminessent nurlanishga olib keluvchi elementar jarayonlarga qarab, Lyuminesning spontan, majburiy (metastabil) va rekombinasion turlari bor. Ld.:Prinsgeym P., Fluoressentsiya i fosforessentsiya, [Per. s angl.], M, 1951; Vavilov S. I., Sobr. soch.,t. 1-2, M, 1952; Fok M. V., Vvedenie v kinetiku lyuminessentsii kristallofosforov, M. 1964; Lan-LSBerg g. S, Optika, M., 1976.