LYUTEINLAYDIGAN GORMON

LYUTEINLAYDIGAN GORMON – odam va hayvonlar organizmining gipofiz bezi ishlab chiqaradigan gormon. Tuxumdonda ayollar (urg’ochi hayvonlar) jinsiy gormonlari, urug’donda esa erkaklar (erkak hayvonlar) jinsiy gormonlari hosil bo’lishini va ajralib chiqishini boshqarib turadi. Ayollar organizmida ovulyatsiyaga sabab bo’ladi va lyuteinlaydi, ya’ni sariq tanani hosil qiladi. Kimyoviy tabiatiga ko’ra glikoproteid.