Lyunetta
Lyunetta (Fransuzcha lunette), lyunetta — 1) me’morlikda — gumbaz yoki devor (eshik tepasi)dagi ravoqsimon darcha. Lyunetta xonani shamollatish uchun oynavandli qilinadi; oddiy ravoqsimon hoshiya, ba’zan naqsh va haykallar bilan bezatiladi; 2) mashinasozlikda — stanokda ishlov beriladigan uzun, ingichka zagotovkalarni qo’shimcha ushlab turadigan qurilma. Bunday Lyunetta zagotovkani o’z ogirligi va keskichning bosimi ta’sirida egilishidan hamda titrashdan saqlaydi.
O‘xshash so‘zlar
- Lyupin (Lupinus), Lupin, bo’ri dukkagi
- LYUTEIN HUJAYRALAR
- LYUTEINLAYDIGAN GORMON
- LYUTEOTROP GORMON
- Lyuter (Luther) Martin
- Lyuterchilik
- Lyutesiy
- Lyutnya






