Lyuksmetr
Lyuksmetr (lotincha lux — yorug’lik va Yunoncha metreo — o’lchayman) — yorug’lik intensivligi (yoritilganlik) ni bevosita fokslarda o’lchaydigan asbob; fotosharning bir turi. Ko’rish va fotoelektr Lyuksmetrga ajratiladi. Ko’rish Lyuksmetrining ish printsipi ikkita yondosh yorug’lik maydonining ravshanligini tenglashtirishga asoslangan. Ulardan birining yoritilganligi o’lchanadi, ikkinchisiniki ma’lum va u ichki qizdirish lampasi yordamida qayta tiklanadi. Fotoelektr Lyuksmetrning ishlash tarzi selenli fotoelement yoritilganda, uning zanjirida hosil bo’ladigan elektr tokini o’lchashga asoslangan; shkalasi lyukslarda darajalangan galvanometer yordamida o’lchanadi.
O‘xshash so‘zlar
- Lyulli (Lully) Jan Batist
- Lyumen
- LYUMEN-SEKUND
- Lyumer (Lumiere) Lui Jan
- Lyumines Tsintsiya
- Lyuminessent lampa
- Lyuminoforlar
- Lyunetta






