Lyulli (Lully) Jan Batist

Lyulli (Lully) Jan Batist (aslida Jovanni Battista Lulli; 1632. 28.11, Florentsiya -1687.23.3, Parij) — Fransuz kompozitori, musiqiy klassisizm uslubining yirik namoyandasi. 14 yoshidan Parijda yashab, musiqadan saboq olgan. 1653 yildan Lyudovik XIV saroyida kompozitor, 1672 yildan Parijdagi «Qirol musiqa akademiyasi» (keyinchalik «Grand opera» teatri)ning rahbari. Lyulli «lirik tragediya» janrini yaratib, milliy opera hamda «frantsuz uvertyurasi»ga asos solgan. Asarlari musiqiy mavzular yorqinligi va ifodaviyligi, kompozitsion mukammalligi, garmoniya va ritmik vositalarining ravshanligi, ko’tarinki ruhda yaratilgan vokal kuylarning ma’nodorligi bilan ajralib turadi. Antik mavzularga asoslangan opera («Kadm va Germioka», «Altsesta», «Tezey», «Persey», Armida» va boshqalar, 1673 — 86), opera- baletlar («sevgining g’alabasi», 1681; «Tinchlik dargohi», 1685 va b.), Divertisment, cholg’u kuy, ariya, qo’shiqlar, liniy musiqa asarlari muallifi.