Lyuminoforlar

Lyuminoforlar (lotincha Lumen – yorug’lik va Yunoncha phoros — eltuvchi) — lyuminessentsiya xossasiga ega bo’lgan moddalar. Lyuminessentsiya hosil qilish turiga ko’ra, fotolyuminoforlar, katodolyuminoforlar, rentgenolyuminoforlar va boshqalarga bo’linadi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra, Lyuminoforlarning anorganik va organik xillari bor. Anorganik Lyuminoforlar (kristallofosforlar) ning chaqnashi tarkibida begona kationlarning (0,001% gacha) bo’lishiga asoslangan. Bunday qo’shilmalar (aktivatorlar), odatda, metallarning kationlari hisoblanadi; masalan, rux sulfidining chaqnashi mis kationi bilan faollashadi. Anorganik Lyuminoforlar lyuminessent lampalaraya. rentgen ekranlarini tayyorlash uchun elektron-nurli trubkalarda ishlatiladi, radiatsiya indikatori uchun va boshqalar uchun xizmat qiladi. Organik Lyuminoforlar (lyumogenlar) ochiq (yarkiy) fluorestsent bo’yoqlar, Lyuminessentlovchi materiallar tayyorlashda qo’llaniladi. Lyuminoforlar kimyo, biologiya, tibbiyot, televideniye va kriminalistikada sezgir lyuminessent analizda foydalaniladi.