Gidrolakkolit, ko`pchimado`ng

Ma’nosi

Gidrolakkolit, ko`pchimado`ng (yunoncha gidro — suv, lakkos — chuqurlik va litos — tosh) — yer ostidagi muzliklar hajmining kengayishi natijasida yuzaga keladigan tepalik. Gidrolakkolit gumbaz shaklida, balandligi 30 m va undan ko`p; kengligi 200 m ga boradi. Markaziy qismi muzlik yoki muzlagan jinslardan, ustki qismi har xil tarkibli jinslar yig`indisidan iborat bo`ladi. Gidrolakkolit Yakutiya va Zabaykaleda ko`p uchraydi.

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar