Gidroresurslar

Ma’nosi

Gidroresurslar daryolar va sharsharalarning balanddan tushuvchi suvi kuchida mujassamlashgan energiya zahiralari. Gidroresurslarning zahiralari tugab qolmaydi, ya’ni yog`in-sochin hisobiga tiklanib turadi. Gidroresurslar zahirasi jihatidan Rossiya birinchi o`rinda turadi; so`ngra XXR, AQSh va Kanada keladi. Rossiya daryolaridan gidroresurslarga eng boylari Yenisey va Angaradir. Gidroresurslar «oq ko`mir» deb ham ataladi.

O‘xshash so‘zlar

G harfiga oid geografiyaga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar