Ishimxon

Ishimxon, Esimxon, Esimxon, Ishim Sulton (?-1628) — qozoq xon- ligi xoni (1598-1628). Shi-g’ayxonning o’g’li, Tavakkalning ukasi va vorisi. AB- dullaxon II b-n ugli AB-dulmo’minxon o’rtasidagi nizolardan foydalanib aka- si b-n Turkiston va Toshkentni egallagan (1598), bu shaharlar qozoklar qudratining markaziga aylangan, chunki Ettisuvda ularni qalmoqlar siqib chiqarmoqda edi. Abdul-Mo’minxon taxtga o’tirganda (1598) uning amakivachchasi Hazora Sulton tosh- kentda isyon ko’tarib, o’zini mustaqil deb e’lon qilgan. Uni Jonibek Sulton o’g’li Rustam Sulton qo’llab-quv-vatlagan. Abdulmo’minxon katta qo’shin b-n isyon- ni bostirib qaytgan. Abdul-Mo’minxon vafotidan so’ng I. akasi b-n Toshkent va Movarounnahrni bo’ysundirishga harakat qilgan. Dastlab ular Toshkentni, so’ngra Samarqandni egallab, Buxoroga yurish qilishgan. Biroq, Buxoro yaqinidagi jangda tavakkal og’ir yaralanib, tosh- kentda vafot etgach, bu urinish behuda ketgan. Maxmud ibn Valshtt yozishicha, Toshkentni I. qo’lidan ozod qilishda ko’rsatgan xizmatlari uchun Buxoro xoni Vali Muhammad 1607 y. Toshkent Shayx- lari, ula-mo-yu fuzalolariga in’omlar berib, suyurg’olpar tortiq qilgan. I. Imomqulixon b-n Toshkent, Turkiston va sir-Daryo bo’yidagi hududlarga egalik qilish uchun uzoq muddat muntazam urush- lar olib borgan. I. Mo’g’ulistonlati chig’atoiylardan Chalish va Turfon hokimi Abdurahimxon b-n ittifoqchilik va qarindoshlik mu- nosabatlarini o’rnatgan, xusu-san, uning qiziga uylangan, Abdurahimxon esa I.ning ukasi kuchuk sultonning qiziga uylangan. Buning natijasida I. Chalish va Turfonni AB-durahimxon b-n birga boshqargan. I.ga tobe qozoq urutlari bir necha yillar mobaynida ushbu hududdagi yaylovlarda ko’chib yurganlar. I. va unga tobe urug’lar Sharqiy Turkistondagi chig’atoiylar o’rtasidagi nizolarda ish- tirok etganlar (1619-25). 1625 y. I. Turkistonga qaytib ketgan. Xorazmdagi taxt uchun kurashlar davrida Abulg’oziy Bahodirxon I. huzuriga qochib borgan (1627). 1627 y. I. qalmiklar ustiga yurish qilgan paytda, Toshkent xoni Tursun Muhammad ko’p sonli qo’shini b-n I.ning Turkiston atrofidagi o’rdusiga hujum qilib, ko’plab ayollar va yosh bolalarni asir olib Toshkentga qaytgan, so’ngra Sayramga tobe Sayyid so’kmas mavzei- da qalmiqlar yurtidan qaytayotgan I.ga qarshi chiqqan. Jangda I. g’olib kelgan, Toshkentga qochgan Tursun Muhammadni yaqin amaldorlari va qo’shini isyon ko’tarib qatl etishgan (1628). I. Tursun Muhammadning kallasini Imomqulixon huzuriga yuborgan. Buning evaziga Imomqulixon maxsus yorliq b-n Toshkent, Turkiston va sir-Daryo bo’yidagi boshqa shahar, qal’alarni I.gatuhfa qilgan. I. vafotidan so’ng Buxoro qo’shinlari tosh- kentni egallagan. Uni boshqarish Boqi Muhammadning o’g’li Abdulla sultonga topshirilgan. Manba: Mahmud ibn Vali, More tayn, T., 1977. Ad: Axmedov B. A., Istoriko-Geo- grafi-cheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985; materiali po istorii kazax- skix xanstv XV—XVIII vekov, Alma-ata, 1969; materiali po istorii Sredney i Tsentralnoy Azii X—XIX vv., T., 1988. Faxriddin Hasanov.