Ishkamish

Ishkamish (18-a.gacha iski- misht, Sikimisht) — Afg’onistonning shim.sharqida joylashgan tarixiy shahar. Oqsaroy (Qunduzdaryo) daryosi irmog’ining yuqori oqimida, Qunduz sh.dan 190 km Jan.Sharqda joylashgan. Xitoy yilnomasi — «Tanshu» da Si- ki-mi-Siti sh. deb qayd etilgan (659 y.). «Hudud ul-olam»ta ko’ra, 10-a.da I. dehqonchilik rivojlangan, mo’l-ko’l don etishtiruvchi keng nohiya bo’lgan. 19-a. da mahalliy aholi o’rtasida I. atrofi- dagi tog’li viloyatni «esk-mushk» yoxud «Eshk-mushk» deb atash urf bo’lgan. I. tekis erlar, ko’plab yaylov, o’tloqlari bo’lgan keng vodiyda joylashgan. I.ning aholisi, asosan, o’zbeklardan iborat bo’lib, ular dehqonchilik, chorvachilik va to’qimachilik, shuningdek, tuz savdosi b-n shug’ullangan. Tabariyning yozishicha, 8-a. da I.da Vaxsh xashon deb ataluvchi chashma bo’lgan. 709 y. shu chashma yonida Qutayba ibn Muslim Bodxiz sh.ning turkiylar- dan bo’lgan hokimi, Toxariston aholi- sining arablarga qarshi qo’zg’oloni rahbari Nizak tarxonnhh oyoq-qo’lini dorga mixlash yo’li b-n qatl etgan. Amir Temur va Temuriylar davrida I. butun Badaxshon kabi Temuriylar saltanatiga vassal qaramlikda bo’lgan. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida (1445-96), so’ngra (1507-08) bu erda temuriy Badiuzzamon b-n Xusravshoh, Boburnmng ukasi Nosir Mirzo b-n Badaxshon beklari o’rtasida harbiy qarakatlar sodir bo’lgan. 16-a. boshida I.ni Shayboniyxon egallagan, uning vafotidan so’ng Badaxshon 80 yil mobaynida temuriy Mirzo Sulaymonshoh qo’lida bo’lgan. Faqat 1584 y.ga kelib uni Abdullaxon //egallagan. Ashtarxoniylar davrida I. dastlab Abdulaziz sultonga, so’ngra (1631 y.dan) Xusrav sultonga iqto qilib berilgan; keyinchalik Muhammad muqim Sulton va Mahmudbiy otaliq dav- rida I. Qunduzga tobe bo’lgan. 18-a.ning 1-yarmida I. yoriylar sulolasi b-n katta- Gon o’zbeklari o’rtasida ku-rash maydoni- ga aylangan. 1713-14 y. Mir Yorbekning ikkinchi o’g’li va vorisi Yusuf Alixon I.ni kunduz hokimi qo’lidan tortib ol- gan. 1718-20 y.da Mahmudbiyning vo- risi Yusufbiy I.ni yana kunduzga tobe etgan. Biroq yoriylardan Mir Ziyovuddin Ili o’lkasidan kelgan qalmiklar yorda- mida uni o’ziga bo’ysundirgan. Shundan buen I. yoriylar, keyinchalik, Durroniy- lar davlati va Afg’oniston tarkibida. Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazichnim istochnikam IX — na- chala XIII vv., T., 1996.