TSEFEIDALAR

TSEFEIDALAR — ravshanligi vaqt bo’yicha tekis va davriy o’zgarib turadigan, pulsasiyalanuvchi fizik o’zgaruvchan yulduzlar. Tsefey yudduz turkumidagi 8 yulduz nomi bilan ataladi. Ravshanligi, odatda, 0,5 dan 6-yulduz kattaligigacha. Ravshanligining o’zgarish davri har bir tsefeida uchun o’zgarmas va aniq. O’zgarish davrining uzunligi, ko’rinma yulduz kattaligi, spektri, temperatura va radius ning o’zgarishi turli Tsefeidalarda har xil. Tsefeidalar gigant va o’ta gigant yulduz bo’lib, spektri G’va G sinfiga mansub. Nazariyaga ko’ra, vodorodning «yonishi» natijasida kizil gigant yulduzda geliyli «yadro» hosil bo’ladi. Yadroning gravitasion siqilishida temperatura va bosimning ortishidan yulduz kengayadi. Bosim o’sishi keskin kattalashib, kengayayotgan yulduz muvozanat holatidan chiqib ketadi va shu qadar kengayadiki, yadrosidagi bosim qobig’idagi bosimdan kam bo’lib qoladi. Natijada Tsefeidalarning tebranishi vujudga keladi. Bu tebranish siqilish davrida ionlashgan ne neytral holatga o’tib, chiqayotgan yorug’lik energiyasi yo’lini to’sishi sababli to’planadigan energiya bilan ta’minlanadi. Tsefeidaning mutlaq kattaligi qancha ortiq bo’lsa, ravshanligining o’zgarish davri ham shuncha uzun bo’ladi. Bu bog’lanishni amerikalik astronomlar Livitt va X. Shepli aniqlashgan (1918). Tsefeidalarning o’zgarish davri bilan mutlaq yulduz kattaliklarining o’zaro bog’liqligidan ulargacha bo’lgan masofalar hisoblanadi.