TSELLOFAN

TSELLOFAN (tsellyuloza va Yunoncha phonos — shaffof) viskozadan maxsus usulda olinadigan yupqa (0,01 — 0,06 millimetr) shaffof material. Suv va havoni o’tkazmaydi. Mol o’rash, issiqxonalarning ustini yopish uchun, oziq-ovqat sanoatida (masalan, kolbasa tayyorlashda), matbaada (masalan, kitob muqovasiga qoplashda) va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Har xil kenglikda, o’ram-o’ram qilib ishlab chiqariladi.