YASHIN TEZLIGIDAGI URUSH

Ma’nosi

YASHIN TEZLIGIDAGI URUSH (“blitskrig”) (nem. yashin va urush) — Germaniya harbiy rahbariyati tomonidan XX asr boshida tuzilgam tez fursatda tugaydigan urush olib borish nazariyasi. Unga ko’ra, raqib o’zining asosiy kuchlarini safarbar etib tegishli pozitsiyalarga joylashtirgunga qadar, kunlar yoxud oylar bilan o’lchanuvchi vaqt mobaynida g’alabaga erishiladi. Germaniya bosh shtabining birinchi va ikkinchi jahon urushlarida yashin tezligida muvaffaqiyatga erishish rejalari barbod bo’lgan.

O‘xshash so‘zlar

Y harfiga oid fuqarolik jamiyatiga oid ensiklopedik atamalar: barcha so‘zlar