Quvvat
Quvvat — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik. Agar ish bir tekis bajarilsa, I=A/g formula bilan aniqlanadi; bu yerda A—/ vaqtda bajarilgan ish. Umumiy holda I=ya/(I; bunda a”A — juda kichik Sh vaqt ichida bajarilgan ish. Quvvat vatt (Vt) larda ifodalanadi. Quvvatning tizimdan tashqari ot kuchi (o.k.) deb ataladigan birligi ham mavjud (1 o.k.=735,499 Vt). Elektr toki muayyan vaqt orali-g’ida bajargan ish elektr toki Quvvati deb ataladi. O’zgarmas tok zanjirida Quvvat kuchlanish bilan tok kuchi ko’paytmasiga teng. O’zgaruvchan tok kuchlanishi va tok kuchi oniy qiymatlari ko’paytmasi oniy Quvvat, shu o’tgan vaqtdagi o’rtacha Quvvat faol Quvvat, tok va kuchlanishning amaldagi qiymatlari ko’paytmasi to’liq Quvvat, sinusoidal tok uchun to’liq Quvvatning tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar siljishi burchagi sinusiga ko’paytmasi reaktiv Quvvat deb ataladi. Muayyan yuza orqali vaqt birligida tovush to’lqinlari olib o’tadigan energiya tovush Quvvati. Bu Quvvatning yuza birligiga keltirilgan o’rtacha qiymati tovush intensivligi deyiladi.