Qudachilik

Qudachilik — yigit va qizni unashtirish marosimidan keyin har ikkala oila a’zolarining qarindoshlik jihati. Qarindoshlik aloqalari nikoh to’yidan keyin yanada mustahkamlanadi. qudalar bir-birlari bilan yaqindan tanishish uchun navbatma-navbat “quad chaqiriq” marosimini o’tkazadilar. Bunday o’zaro muloqotlar 2 oilani, ularning farzandlari tufayli yuzaga kelgan qarindoshchilikni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bir-birlarini yanada chuqudroq o’rganishlariga yordam beradi. O’zbek xalqida “qudachilik ming yilchilik” degan maqol bor. Qudalar o’zaro munosabatlariga o’ta ehtiyotkorlik bilan yondoshadilar. Har 2 oila a’zolari doimo bir-birlarining holidan xabar olib turishi, quda taraf to’y-ma’rakalarida faol ishtirok etishi zarur. Qudachilik munosabatlarining kelajakda qanday tus olishi kelin-kuyovning tarbiyasi, odob-axloqi va ma’naviyatiga ham bog’liq.