Nazalizatsiya
Nazalizatsiya — (Fransuzcha nasalisation lotincha nasus — burun), burunlanish — nutq tovushlari (asosan unlilar)ning yumshoq tanglay pasayishi va o’pkadan chiqayotgan havo oqimining ayni bir paytda ham og’iz, ham burundan chiqishidan iborat artikulyasiyasi. Og’iz va burun rezonatorlarining ayni bir paytda qo’zg’alishi natijasida tovush alohida tembrga ega bo’ladi. Nazalizatsiya fonemalarning farqlanuvchi belgisi bo’la olishi mumkin; fonemalar Nazalizatsiyasi, boshqacha aytganda, burunlangan fonemalar ko’proq frantsuz, polyak, portugal, hind tillarida uchraydi. Masalan, a —a, e —a va boshqalar.