Nazarmat

Nazarmat (Nazarmat Egamnazarov; 1917.7.11, Tojikiston, Xo’jand, Nov qishlog’i) — shoir, jurnalist. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1967). Samarqand universitetini tugatgan (1941). 2-jahon urushi qatnashchisi. «Qizil O’zbekiston» (1947-54), «Toshkent haqiqati» gazeta tahririyatida adabiy xodim, bo’lim mudiri (1954-85). Ijodiy faoliyati 30-yillar oxirida boshlangan. «Yoshlik zavqi» (1941), «Vatan ishqi» (1949), «yashil dalalar» (1955), «Sir bo’yi — nur bo’yi» (1959), «tog’dagi gulxanlar» (1962), «nay sadosi» (1965), «Bahor qo’shig’i» (1968), «shahrimiz bolalari» (1970), «mangu olov» (1972) she’riy to’plamlari muallifi. Ko’plab she’rlari qo’shiq bo’lgan. «Yurakdagi o’q» dostoni (1965) va «Sayyod jasorati» qissasi (1973) 2-jahon urushi mavzuida. Abulqosim Firdavsiy, Xisrav Deqlaviy, Abdurahmon Jomiy, Bedil, Mirzo Tursunzoda, Mirshakar va boshqa shoirlarning asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan. Ad.: Nazarmat, T., 2003.