Nosiruddin al-Hanafiy
Nosiruddin al-Hanafiy, Nosir To’ra (19-asr o’rtalari, Buxoro — 20-asr boshlari, Kobul) — tarixchi olim, Amir Muzaffarning o’g’li. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Buxoro ilmiy jamiyati a’zosi (1921-23). U Buxoro Arki tarixiga doyr “tahqiqoti Arki Buxoro” asarini shu jamiyat hamkorligida yozgan. Shuningdek, uning Buxoro amirligi tarixiga bag’ishlangan “osori salotin” (“Sultonlardan qolgan yodgorliklar”), “Tuhfat uz-zoirin” (“ziyoratchilarga tuhfa”, 1910 yilda Buxoro toshbosma nashriyotida chop etilgan), “Hodi uz-zoirin” (“Ziyoratchilar uchun ko’rsatkich”), “kunuz al-atqiyo” (“taqvodorlarga atalgan xa- zinalar”) kabi asarlari mavjud. Amir Olimxonning talabi b-n uning oila a’zolari va yaqin qarindoshlari qatorida (jami 51 kishi) Afg’onistonga yuborilgan (1923 yil iyul).