Nosirxo’jayev Sobitxon Hoshimovich

Nosirxo’jayev Sobitxon Hoshimovich (1929.28.12, Toshkent) — tarixchi olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari Doktori (1971), professor (1972). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1951). Toshkent politexnika institutida katta o’qituvchi (1954-64). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1964-71), kafedra mudiri (1971-82), demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amalieti kafedrasi professor (1989 yildan). Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1983-88). Asarlari O’zbekistonda tarix, madaniyat, ma’rifat, milliy g’oya, istiqlol mafkurasiga masalalariga bag’ishlangan. «O’zbekiston ziyolilari» (o’zbek va rus tillarida, T., 1972), «Siyosatshunoslik fanidan qo’llanma» (1992), «Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asari milliy g’oya va ma’naviyat asoslari, politologiya fanida foydalanish uchun qo’llanma» (2001), «Ma’naviyat asoslari» (2003) va boshqa o’quv qo’llanmalari muallifi. As: Siyosatshunoslik lug’ati, T., 1993; Sotsiologiya asoslari, T., 2001.